Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident hokimlarga majlisbozlikni taqiqlagandi. Toshkentda majlisga chaqirilgan mahalla raisi vafot etdi

Prezident hokimlarga majlisbozlikni taqiqlagandi. Toshkentda majlisga chaqirilgan mahalla raisi vafot etdi

Olmazor tumani hokimligi

Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mahalla raisi yiqilib tushib vafot etgan, deb yozmoqda «Daryo» o‘z manbasi bergan ma’lumotga tayanib.

Hodisa 24-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Marhum poytaxtning «Yangi Sebzor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bo‘lgani aytilmoqda.

Olmazor tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Vitaliy Tolibjonov ma’lumotni tasdiqlagan. Ammo qo‘shimcha ma’lumot berolmasligini, ish yuzasidan prokuraturadan axborot olish mumkinligini aytgan. Bosh prokuratura tez orada axborot berilishini bildirgan.

Olmazor tumani hokimligida 16-noyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilish
Foto: Olmazor tumani hokimligi

Shaxsi sir qolishini istagan manba Olmazor tuman hokimligida mas’ullarining «majlisbozligi 40 kundan beri davom etayotganini» qo‘shimcha qilgan. «Bu majlisbozlik qachon tugaydi? Har kun bir soatlab ko‘chada sovuqda turyapmiz», degan u.

2021-yili prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlardan majlisbozlikni yig‘ishtirib, amaliy ishga o‘tishni, ayniqsa, mahalla raisi va profilaktika nozirini majlisga chaqirishni bas qilishni talab qilgan, bunga amal qilmagan hokim ishdan ketishini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring