Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB jinoiy ish qo‘zg‘adi

MIB jinoiy ish qo‘zg‘adi

Energiya resurslari, ichimlik suvi ta’minotidan maqsadli foydalanish, bu jarayonda turli suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, aniqlangan har bitta noqonuniy holatga huquqiy baho berib, tegishli choralar ko‘rish har qachongidan-da dolzabrdir bugungi kunda.

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda Andijon tumani, Xakan sanoat hududida joylashgan xususiy korxonaga tegishli elektr hisoblash uskunasining xotirasida vaqt parametrlari o‘zgartirilganligi aniqlangan. Ayni holat bo‘yicha tayinlangan sud-texnika ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, dasturiy ta’minot sxemasi o‘zgarganligi oqibatida elektr hisoblagich shikastlaganligi, shuningdek, hisoblagich ko‘rsatgichlarini nol holatiga keltirilgani ma’lum bo‘lgan.   

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan qayta hisob-kitob natijasida xususiy korxona tomonidan davlat manfaatlariga jami 107.331.095 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Korxona mansabdor shaxslariga yetkazilgan moddiy zarar 30 kunlik muddat ichida to‘liq qoplangan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi haqida ogohlantirilgan bo‘lsada, belgilangan muddat davomida yetkazilgan moddiy zarar qoplanmadi. Natijada, MIB Andijon tuman bo‘limi tomonidan korxona mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan boshqa chora qolmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring