Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi «Barselona» bilan xayrlashuv matbuot anjumanida ko‘z yoshlarini tiya olmadi (video)

Messi «Barselona» bilan xayrlashuv matbuot anjumanida ko‘z yoshlarini tiya olmadi (video)

8-avgust kuni hujumchi Lionel Messi matbuot anjumanida «Barselona»dan ketishi haqida gapirdi.

34 yoshli argentinalik futbolchi so‘zini boshlamoqchi edi, lekin ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Uning o‘ziga kelishi va gapini boshlashi uchun bir necha daqiqa kerak bo‘ldi.

«Butun umrim davomida men uchun eng qadrli bo‘lgan jamoani tark etish juda qiyin. Bu holatga ko‘nika olmayapman. O‘tgan yili qiyin lahzalarni boshimdan o‘tkazdim. Bugun hamma bilan xayrlashishga majburman», — dedi Messi.

Avvalroq, Kataloniya klubi tizimida 21 yildan so‘ng Messi «Barselona» safini tark etishi ma’lum bo‘lgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring