Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng qimmat futbol klubi aniqlandi. «Real» yoki «Barselona» emas

Dunyoning eng qimmat futbol klubi aniqlandi. «Real» yoki «Barselona» emas

Illyustrativ foto

Sportico jurnali dunyoning eng qimmat 50 futbol klubidan iborat an’anaviy yillik reytingini e’lon qildi. Garchi yashil maydonlarda anchadan buyon porlamay qo‘ygan bo‘lsa-da, jahondagi eng qimmat futbol jamoasi maqomini «Manchester Yunayted» saqlab qoldi.

«Qizil iblislar» $6,2 mlrdga baholandi (o‘tgan yili $5,95 mlrd edi). O‘tgan yili britan milliarderi Jim Retkliff «MYu» aksiyalarining 28 foizini $1,6 milliardga sotib olgandi.

Dunyoning eng qimmat futbol jamoalari (top-10):

  1. «Manchester Yunayted» (Angliya) — $6,2 mlrd;
  2. «Real» (Ispaniya) — $6,06 mlrd;
  3. «Barselona» (Ispaniya) — $5,28 mlrd;
  4. «Liverpul» (Angliya) — $5,11 mlrd;
  5. «Bavariya» (Germaniya) — $4,8 mlrd;
  6. «Manchester Siti» (Angliya) — $4,75 mlrd;
  7. «Pari Sen-Jermen» (Fransiya) — $4,05 mlrd;
  8. «Arsenal» (Angliya) — $3,91 mlrd;
  9. «Tottenhem» (Angliya) — $3,49 mlrd;
  10. «Chelsi» (Angliya) — $3,47 mlrd.

Eng qimmat o‘nlikdagilarning barchasi — Yevropa jamoalari, biroq top-50 da hammadan ko‘p Shimoliy Amerikaning Bosh futbol ligasi (MLS) klublari — 20 ta. MLS dagi eng qimmat jamoa — «Los-Anjeles» ($1,15 mlrd, 15-o‘rin), reytingdagi 20 ta MLS jamoasining umumiy qiymati — $15,1 mlrd.

Top-50 da Angliya premer-ligasidan 9 jamoa bor, jami qiymati — $29 mlrd.

Reytingda Italiyadan — 6, Germaniyadan — 4, Ispaniyadan — 3, Meksikadan — 3, Fransiyadan — 2, Niderlandiya, Portugaliya va Braziliyadan bittadan jamoa bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring