Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makedonskiyning o‘limiga aslida nima sabab bo‘lgan?

Makedonskiyning o‘limiga aslida nima sabab bo‘lgan?

Foto: «Zen.yandex.ru»

Pankreonekroz Aleksandr Makedonskiyning o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi «Greek Reporter» nashri Gretsiyadagi Arastu universiteti tadqiqotchilari ma’lumotlariga tayanib. Bu haqda «Regnum» xabar berdi.

Gazetaning ma’lum qilishicha, olimlar guruhi afsonaviy sarkardaning o‘limi sabablarini 1995-yildan o‘rganishni boshlashgan. Ular turli manbalarni, jumladan, qadimgi tarixchilarning Aleksandr Makedonskiy kasalliklari alomatlari haqidagi asarlarini tahlil qilishgan.

Olimlar guruhi rahbari Tomas Gerasimidisning fikricha, lashkarboshining o‘limiga pankreonekroz oqibatida kelib chiqqan og‘ir sepsis sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu xastalik Aleksandrda o‘t-tosh kasalligi, shuningdek, sarkardaning alkogol va yog‘li taomlarga o‘chligi natijasida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Avvalroq Aleksandr Makedonskiyning o‘limiga bezgak, zotiljam, G‘arbiy Nil isitmasi sabab bo‘lganligi aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring