Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy yuqumli kasallikni yengdi

Xitoy yuqumli kasallikni yengdi

Foto: «RIA Novosti»

Xitoy Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning bezgakdan xoli mamlakat maqomini tasdiqlovchi sertifikatini oldi.

«70 yillik sa’y-harakatlardan so‘ng Xitoy JSSTning bezgakdan xoli ekanligini tasdiqlovchi sertifikatiga ega bo‘ldi. Bu 1940-yillarda har yili ushbu kasallik bilan 30 million kasallanish holati haqida xabar bergan mamlakat uchun ajoyib yutuq», — deyiladi JSSTning chorshanba kuni e’lon qilingan bayonotida.

O‘z navbatida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Xitoy bu yutuqqa mashaqqatli mehnat evaziga, o‘nlab yillar davomida maqsadli va doimiy harakatlari natijasida erishganini ta’kidlab o‘tgan.

«Ushbu bayonot bilan Xitoy tobora ko‘payib borayotgan mamlakatlarga qo‘shilib, dunyoga bezgaksiz kelajak hayotiy maqsad ekanligini namoyish etdi», — deydi JSST rahbari.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 30 yil ichida Xitoy Tinch okeani g‘arbiy mintaqasidagi bunday sertifikatni olgan birinchi davlatga aylandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bezgak yo‘qligi to‘g‘risidagi guvohnomasiga jami 40 mamlakat egalik qiladi. Oxirgi bo‘lib ular safiga Salvador (2021), Argentina (2019) va O‘zbekiston (2018) ham qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens Sog‘liqni saqlash vaziriga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatini taqdim etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring