Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Liviyada ishlab turgan yagona aeroport bombardimon qilindi

Liviyada ishlab turgan yagona aeroport bombardimon qilindi

Foto: «Reuters»

Liviyada ishlab turgan yagona aeroport general Xalifa Xaftar kuchlari tomonidan bombardimon qilindi.

Mamlakat poytaxti Tripoli shahridan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan Mitiga xalqaro aeroporti o‘qqa tutilgandan so‘ng hukumat tomonidan yopildi. Xabar qilinishicha, yo‘lovchilar terminaldan chiqib keta boshlagan.

Xalifa Xaftar qo‘mondonligi ostidagi Liviya milliy armiyasining harbiy havo kuchlari aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini o‘qqa tutgan. Biroz vaqt muqaddam Xaftar hukumatga tegishli bo‘lgan samolyotlar uchayotgan barcha aeroportlarni bombardimon qilishi bilan tahdid qilgan edi.

Mitiga aeroporti aslida harbiy maqomda bo‘lgan. 1995 yilda fuqaro aeroportiga aylantirilgan. Tripolidagi xalqaro aeroport 2014 yilda jiddiy shikastlangandan so‘ng xalqaro aeroport sifatida qo‘llana boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 2011 yilda Liviyada fuqarolar urushi kelib chiqqan edi. Unga ko‘ra mamlakatni 1969 yildan buyon boshqarib kelgan polkovnik Muammar Kaddafi ag‘darilgan va o‘ldirilgandi. Unga qarshi bo‘lganlar safida Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar koalitsiyasi kurash olib borgan.

Bugungi kunda Liviyada qo‘shhokimlik yuzaga kelgan. Sharqda, Tobruk shahrida parlament boshqaruvi tashkil etilgan, g‘arbda, Tripolida esa milliy kelishuv hukumati amalda bo‘lgan. 2014 yilda Xaftar sobiq hukmdor Kaddafiga sodiq bo‘lgan kuchlarni atrofida to‘plagan va sharqdagi Beng‘ozi shahrini qo‘lga kiritgan edi. Shundan so‘ng mamlakat janubidagi boy neft konlari uning nazorati ostiga o‘tgan.

Xalqaro kuzatuvchilar Xaftar timsolida «yangi Kaddafi»ni ko‘rishmoqda. Uni Misr hamda Birlashgan Arab Amirliklari qo‘llashi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring