Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Liviya qirg‘oqlarida 55 muhojir suvga cho‘kib ketdi

Liviya qirg‘oqlarida 55 muhojir suvga cho‘kib ketdi

Liviya qirg‘oqlarida noqonuniy muhojirlar bo‘lgan qayiq halokati oqibatida kamida 55 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Liviya bo‘limining Twitter sahifasida ma’lum qilindi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, kema halokati 25-aprel, seshanba kuni sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda bortda 60 kishi, jumladan ayollar va bolalar bo‘lgan.

Omon qolgan besh kishi Liviya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tomonidan qutqarilib, qirg‘oqqa olib chiqildi.

Taxminlarga ko‘ra, muhojirlar bo‘lgan kema Liviyaning Kastelverde shahri yaqinida ketayotgan bo‘lgan.

Fojianing boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring