Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korxona rahbari 1,5 mlrd. so‘mlik soliq qarzdorlikni naqd sanab qo‘yaqoldi

Korxona rahbari 1,5 mlrd. so‘mlik soliq qarzdorlikni naqd sanab qo‘yaqoldi

Foto: Xabar.uz

Bunaqasi kam uchraydi. Korxonaning salkam 1,5 mlrd. so‘mlik soliq qarzdorligi naqd pulda to‘lash hammagayam emas. Shuningdek, bunaqa ulkan qarzdorlikni tez fursatda undirishlishi Majburiy ijro byurosi (MIB) faoliyatida doim ham uchrayvermasa kerak. Ayniqsa, hozirgi karantin paytida.

MIB Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Marg‘uba Amonovaga ko‘ra, Olmazor tumani Davlat soliq inspeksiyasiga «M.O.Qurilish» MChJdan soliqlardan hosil bo‘lgan qarzdorlikni undirishga oid ijro hujjati kelib tushgandi. Tumani DSI tomonidan Majburiy ijro byurosiga taqdim etgan ilova hujjatlaridan ko‘rinishicha, MChJ 2014 yildan bu yog‘iga soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan, oqibatda qarzdorik yig‘ilib-yig‘ilib, 1 mlrd. 545 mln. 040 ming 818 so‘mni tashkil etgan.

Shuncha yillik qarzdorlikni MIB qancha vaqtda undirdi? Uch kunda! Tag‘in masofadan turib! To‘g‘ri tushuntirishga ko‘p narsa bog‘liq-da. MIB xodimlari korxona rahbariga bosiqlik bilan aytdiki, vaqt cho‘zishdan foyda yo‘q, faqat zarar bor, shu-uncha qarzdorlik tug‘adigan peniyaning o‘zi oyiga falon miqdorni tashkil qiladi, shu kerakmi sizga? Davlat baribir haqini undirmay qo‘ymaydi..

«M.O Qurilish» MChJ rahbari tushunishga moyil ekan-u shu paytgacha tuzukroq tushuntiradigan xodimga yo‘liqmagan chog‘i. Davlat ijrochisi bilan gaplashagach, bo‘ldi, gap yo‘q, to‘laganim bo‘lsin dedi-da, uch kunda jamiki qarzdorlikni naqd sanab qo‘yaqoldi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring