Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir nechta viloyatda soliq rahbarlari o‘zgardi

Bir nechta viloyatda soliq rahbarlari o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

Soliq qo‘mitasi tizimida qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Shuxratali Imomov Namangan viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar u Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sirojiddin Eshmatov Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Elyor Tolliyev Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bungacha u Urgut tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring