Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreyalararo harbiy aloqalar tiklandi

Koreyalararo harbiy aloqalar tiklandi

Foto: «Bb.lv»

Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida o‘zaro harbiy aloqalar tiklandi. Bu haqda «Renxap» agentligi ma’lum qildi.

«Koreyalararo harbiy aloqa liniyalari ertalab soat 9 da tiklandi», — deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya tomoni Janubiy Koreyaning chaqiriqlariga ijobiy javob bergan.

Avvalroq, KCNA dushanba kuni ertalab Pxenyan Seul bilan aloqa liniyalarini tiklash rejalarini e’lon qilgan edi.

O‘tgan chorshanba kuni Oliy Xalq Assambleyasi sessiyasidagi nutqi chog‘ida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ikki Koreya o‘rtasidagi aloqa kanallari oktyabr oyining boshlarida tiklanishini e’lon qilgandi.

«Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya yarim orolidagi munosabatlarni yaxshilash va tinchlik o‘rnatish harakatlari doirasida Janubiy Koreya bilan chegaralararo aloqa liniyalari oktyabr oyining boshidan qayta tiklanishini ma’lum qildi», — deb yozadi KCNA o‘z xabarida.

2020-yil iyun oyida KXDR hukumati Seul bilan barcha mavjud aloqa kanallari orqali o‘zaro aloqalarni to‘xtatganini e’lon qildi. Keyin qurolsizlantirilgan hudud yaqinidagi Keson texnoparkidagi koreyalararo aloqalar idorasi portlatilgani ma’lum bo‘ldi. KXDR rasmiylari bino ularning qarori bilan vayron bo‘lganini tasdiqlagan.

Aloqalar shu yilning iyul oyi oxirida qayta ochildi, lekin avgust oyidan beri Pxenyan yana Seulning Janubiy Koreya va AQShning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejasiga qarshi chaqiriqlariga javob berishdan bosh tortmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring