Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nolegal yurtdoshlarimiz Koreyadan deportatsiya qilindi

Nolegal yurtdoshlarimiz Koreyadan deportatsiya qilindi

Foto: «Migratsiya agentligi»

Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda Ye-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun respublikamiz viloyatlarida tanlovlar tashkil etilib, muvaffaqiyatli o‘tganlar ishlash uchun jo‘nab ketayotgani xabar qilingan edi.

Shartnoma shartlarini buzgan fuqaroga katta miqdordagi jarima qo‘llanishi, Koreya Respublikasi hududidan chiqarib yuborilishi kabi huquqiy choralar ko‘rilishi haqida takror va takror ogohlantirilgan.

Shunga qaramay, mehnat shartnomasi shartlarini buzgan va ish joyidan noqonuniy chiqib ketgan fuqarolar Koreya Respublikasining immigratsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanalida xabar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring