Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi

Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi

Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi joriy yilning 6-may kuni shifoxonada chaqaloq dunyoga keltirdi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga olganini ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan (2009-yilda tug‘ilgan) P.Z. 2023-yil avgust oyida o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, 2006-yilda tug‘ilgan Sh.E. bilan yaqin munosabatda bo‘lgan va may oyida chaqaloq dunyoga keltirgan.

Bolalar ombudsmani bergan ma’lumotga ko‘ra, holat yuzasidan (voyaga yetmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan bo‘lsada) tuman IIB tomonidan JKning 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Idora, o‘z navbatida, bunday toifadagi jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan jabrlanuvchi shaxsiga oid bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish va tarqatish qonunan taqiqlanganini hamda bola manfaatlariga zid ekanligini eslatib o‘tmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring