Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘ofur Mirzayev va Komil Allamjonov sirdaryolik tadbirkorga Prezident sovg‘asini topshirdi

G‘ofur Mirzayev va Komil Allamjonov sirdaryolik tadbirkorga Prezident sovg‘asini topshirdi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Prezidentimiz tashabbusi asosida tashkil etilayotgan «Book challenge» loyihasi doirasida bugun Sirdaryo viloyati Guliston shahri markazida tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi boshchiligidagi barcha rahbar xodimlar tomonidan 3 mingdan ortiq kitob maktablarga sovg‘a qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov va viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev Sayxunobod tumanining O‘zbekiston mahallasida yashovchi tadbirkor ayol Gavharoy Husanova tomonidan tashkil etilgan xususiy kutubxonasiga Prezident sovg‘asi — 1000 dan ziyod kitobni topshirdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Shuningdek, bugun tumanda barpo etilgan «Jajji bilag‘on» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu muassasada ingliz va rus tillari chuqur o‘rgatiladi, ta’lim oluvchilar uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Komil Allamjonov bu kabi maskanlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda Agentlik o‘z loyihalari va bolalar kitoblari bilan ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

«Book challenge» loyihasi respublika bo‘ylab davom etmoqda. Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.  Aripov o‘zi tahsil olgan maktabda bo‘lib, maktab kutubxonasiga kitoblar to‘plamini sovg‘a qilgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring