Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kasb-hunar kollejlarining 383 ta binosi maktablarga beriladi

Kasb-hunar kollejlarining 383 ta binosi maktablarga beriladi

Prezident Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 15-iyulda uzluksiz professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisda bergan topshirig‘iga ko‘ra, respublikada mavjud 1469 ta kasb-hunar kollejlarining 383 ta binosi maktablarga beriladi.

Natijada 2019-2020 o‘quv yilida maktab o‘quvchilari uchun qo‘shimcha 224 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rinlari yaratiladi.

Kollejlarni maktablarga aylantirishni samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi boshchiligida respublikaning har bir hududida ishchi guruhlar tuzilgan.

Ishchi guruhlariga:

-kasb-hunar kollejlarining bino va inshootlarini tegishli hududi, mebel va o‘quv-laboratoriya jihozlari, sport inventarlari bilan birgalikda xalq ta’limi tizimi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha belgilangan tartibda topshirish - qabul qilish ishlarini amalga oshirish;

-ta’lim tizimidan boshqa sohalarga berilgan kasb-hunar kollejlarining mebel, o‘quv-laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalarini inventarizatsiya qilish va yaroqli deb topilganlarini umumta’lim maktablari balansiga o‘tkazish;

-2019-yil 10-avgustga qadar xalq ta’limi tizimiga o‘tkazilgan kasb-hunar kollejlari binolaridan samarali foydalanish, navbatlilik koeffitsiyenti 2 va undan yuqori bo‘lgan maktablarga qo‘shimcha bino sifatida berish hamda ehtiyoj mavjud bo‘lgan hududlarda yangi maktablar sifatida qayta tashkil etish choralarini ko‘rish;

-xalq ta’limi tizimi tasarrufiga o‘tkazilgan ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash vazifalari yuklangan.

Topshirilgan vazifani o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish maqsadida Xalq ta’limi vazirligida shtab va hududiy ishchi guruhlari ham tuzilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring