Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kollej va texnikumlarning imtihon natijalari qachon chiqishi aytildi

Kollej va texnikumlarning imtihon natijalari qachon chiqishi aytildi

Kollej va texnikumlarga test sinovlarining yakuniy natijalari 3-oktyabr kuni e’lon qilinadi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.

26 sentyabrdan 2023-2024 o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari boshlanadi. Imtihonlar 26-29-sentyabr kunlari ikki smenada tashkil etiladi.

Texnikumlarda 25-sentyabr kunidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Imtihonlarni ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida keng jamoatchilik orasidan 1 500 nafar kishi guruh nazoratchisi sifatida jalb etilgan.

Bu yil respublika bo‘yicha jami 327 ta kollej va texnikumga 175 853 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ulardan 140 868 nafari – kunduzgi, 28 649 nafari – sirtqi, 243 nafari – kechki va 6 093 nafari – dual ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring