Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadada yuk poyezdi izdan chiqib ketdi (video)

Kanadada yuk poyezdi izdan chiqib ketdi (video)

Foto: «Golos.ua»

Kanadaning Saskachevan provinsiyasida bug‘doy doni ortilgan yuk poyezdi izdan chiqib ketdi.

Transport hodisasi Saskatun shahriga kiraverishda, temir yo‘l va avtomobil yo‘li tutash joy yaqinida yuz bergan. Politsiya xabariga ko‘ra, avariyadan insonlar jabr ko‘rmagan.

Yuk poyezdining jami 52 ta vagoni bo‘lib, ularning 30 tasi, jumladan, lokomotiv izdan chiqib ketib ag‘darilgan va yong‘in yuzaga kelgan.

Voqea sababi transport xavfsizligi kengashi tomonidan o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring