Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir yarim yildan beri poyezdda yashayotgan yigit

Bir yarim yildan beri poyezdda yashayotgan yigit

17 yoshli germaniyalik dasturchi Lasse Stolli uchun poyezd shunchaki transport vositasi emas, balki allaqachon yashash uyiga aylangan.

Dastlab, Lassening ota-onasi o‘g‘lining «temir yo‘l ko‘chmanchisi» bo‘lishini sirayam xohlashmadi, lekin keyinchalik ular bunday hayot mutlaqo qonuniy va xvfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishdi, ular yigitning tanloviga rozi bo‘lishdi.

Shunday qilib, Lasse doimiy ravishda sayohat qiladi, poyezdlarda, stansiyalarda ovqatlanadi. Agar u dush qabul qilishi kerak bo‘lsa, xuddi shu bekatlardagi yoki stansiyadagi ko‘ngilochar markazlardagi qulayliklar uning ixtiyorida. Bundan tashqari, dastur yordamida sayohatchi keyingi poyezdlarda o‘rinlarni oldindan band qilib qo‘yadi, kechasi yotish imkoni bor, kunduzi esa noutbukda ishlashi mumkin bo‘lgan vagonlarda sayohat qiladi.

Lassening hisob-kitobiga ko‘ra, bunday hayot unga yiliga 10 000 yevroga tushadi. U hayotning majburiy minimalizmini asosiy noqulaylik deb ataydi — siz o‘zingizni juda oz miqdordagi narsalar bilan cheklashingiz kerak, chunki o‘zingiz bilan ko‘p narsalarni olib yurolmaysiz.

Ammo yigit har doim tanlov qilishga ulguradi — kelajakda balki tog‘li qishloqda yoki shovqinli shaharda yashashi mumkin. Ammo hozircha Lasse hamma narsadan mamnun-ko‘chmanchi turmush tarzini o‘zgartirishni rejalashtirmaguncha unga shu hayoti yoqayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring