Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil Madrimov meksikalik raqibini texnik nokautga uchratdi (video)

Isroil Madrimov meksikalik raqibini texnik nokautga uchratdi (video)

Foto: «Google.com»

Hamyurtimiz Isroil Madrimov professional boksda uchinchi jangini o‘tkazdi va g‘alaba qozondi.

Isroil 69,9 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda meksikalik Norberto Gonsalesga qarshi ringga ko‘tarildi. Gonsales professional faoliyatida 23 ta jang o‘tkazib, 13 tasida muddatidan avval g‘alaba qozongan edi.

E’tiborli tomoni, meksikalik 38 yoshli bokschi 9 kungina muqaddam 8 raundlik jangda ishtirok etgan bo‘lishiga qaramay, Nyu-York shtati atletik qo‘mitasi unga qisqa fursatda yana ringga ko‘tarilishga ruxsat berdi. Bu holat Gonsalesga foyda keltirmadi va to‘qnashuv to‘liq Madrimovning ustunligi ostida o‘tdi.

Oltinchi raundda Gonsales nokdaunga uchradi, takroriy zarbalar berishga uringan Madrimovni esa hakam to‘xtatib qoldi va texnik nokaut e’lon qildi.

Shu tariqa Isroil professional boksda uchinchi jangini ham muddatidan avval g‘alaba bilan yakunladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring