Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Jalolov professional boksda nega jang o‘tkazmayapti?

Bahodir Jalolov professional boksda nega jang o‘tkazmayapti?

Bahodir Jalolov prof-ringdagi so‘nggi jangini o‘tgan yilning noyabr o‘tkazgan edi. Shundan buyon u faqat havaskor boksda janglar o‘tkazmoqda.

Uning murabbiyi To‘lqin Qilichev o‘zbekistonlik bokschi qachon ringga qaytishi haqida to‘xtalgan.

Unga ko‘ra, Bahodir Jalolov (12-0-0) professional boksdagi navbatdagi jangini 26 avgust kuni AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkazadi. Hamyurtimizga kim raqiblik qilishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov yaqinda mashhur Bob Arum rahbarlik qiluvchi Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qila boshlagani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring