Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Instagram»da endi videosuhbat qurish mumkin

«Instagram»da endi videosuhbat qurish mumkin

Foto:«Oberlo»

«Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida boshqa foydalanuvchilarga videoqo‘ng‘iroq qilish xizmati paydo bo‘ladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, bunday videochatlarda to‘rt kishigacha ishtirok etishi mumkin.

«Videochat orqali iOS va Android platformalaridagi do‘stlaringiz bilan mobil aloqasiz suhbatlashish mumkin bo‘ladi», — deyiladi «Instagram» xabarida.

Aytilishicha, foydalanuvchilar suratlar uchun yangi filtrlarni qo‘llashlari ham mumkin bo‘ladi.

Avvalroq «Instagram»da 60 daqiqalik videolar joylash imkoni paydo bo‘lgani haqda ham xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring