Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Meta» kompaniyasi Rossiyada terrorchi va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritildi

«Meta» kompaniyasi Rossiyada terrorchi va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritildi

Rossiyaning Federal moliyaviy monitoring xizmati (Rosfinmonitoring) «Meta» kompaniyasi platformalarini terrorchilar va ekstremistlar reyestriga kiritdi.

Shu yil mart oyida RF Bosh prokuraturasi tomonidan shirkat faoliyati «Rossiya va uning Qurolli kuchlariga qarshi qaratilgani» aytilgan da’vo arizasi natijasida ekstremistik deb e’lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan Rossiyada kompaniyaga tegishli «Whatsapp», «Instagram» va «Facebook» platformalari faoliyati taqiqlandi.

O‘z navbatida Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan mehnat muxojirlaridan mamlakat chegarasi va aeroportlarga borishdan oldin o‘zlariga tegishli smartfon va boshqa texnik qurilmalaridan «Whatsapp», «Instagram» va «Facebook» platformalarini o‘chirib borishlarini tavsiya etilmoqda.

Ma’lumot uchun, Rosfinmonitoring tuzib chiqqan terrorchilar va ekstremistlar reyestrida 534ta nomdagi tashkilot va idoralar nomlari keltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring