Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo bo‘ylab Facebook va Instagram ishlamay qoldi

Dunyo bo‘ylab Facebook va Instagram ishlamay qoldi

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab Facebook va Instagram tarmog‘iga kirishda muammolar yuz bermoqda. 

Foydalanuvchilar Facebook akkauntiga kira olmayotganliklari va Instagram tasmasi yangilanishni to‘xtagani haqida xabar berishdi. Ijtimoiy tarmoqlar ish stoli yoki mobil versiyalarida ham ochilmayapti. 

Bundan tashqari Youtube videoxostingida ham nosozlik kuzatilyapti. 

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar ishi bilan bog‘liq muammolar haqida shikoyatlar nafaqat MDH aholisidan, balki butun dunyodan ham kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring