Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ichki ishlar xodimlari o‘qotar qurol o‘rniga elektroshoker bilan ta’minlanadi

Ichki ishlar xodimlari o‘qotar qurol o‘rniga elektroshoker bilan ta’minlanadi

Foto: «AstroMeridian.Ru»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14-fevral kuni «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, ikki hafta muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari va ularning ichki ishlar bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, unda har bir sohaviy xizmatning aniq vazifa va funksiyalari, shuningdek, boshqarma va bo‘limlar boshliqlarining har bir o‘rinbosari vakolatlari va javobgarligining aniq doirasi belgilanadi.

Bir oy muddatda ichki ishlar bo‘limlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar samaradorligini reyting tizimida baholash to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. Bir oy muddatda ichki ishlar bo‘limlarining sektorlararo va tumanlararo, shu jumladan, respublikaning boshqa mintaqalaridagi ichki ishlar organlari bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha uyg‘unlashgan mexanizmni nazarda tutuvchi tartib belgilanadi. Bir oy muddatda Toshkent shahar patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari naryadlarining yagona dislokatsiyasi ichki ishlar bo‘limlari faoliyat yuritishini hisobga olgan holda tanqidiy qayta ko‘rib chiqiladi.

2018 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tomonidan Toshkent shahar ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari faoliyatini maqsadli o‘rganib, ular ishini tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan aniq takliflar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahrida transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtab turish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritilib, bunda haydovchisi bo‘lmaganda ham noto‘g‘ri to‘xtab turish holatini qayd etish va bayonnomalar tuzilishi nazarda tutiladi.

Piyodalarda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish, shu jumladan, kompleks tushuntirish ishlarini o‘tkazish va ularni ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortish orqali ta’sirchan choralar amalga oshiriladi.

Shuningdek, ikki oy muddatda muvofiqlashtirish boshqarmalari va ichki ishlar bo‘limlari xodimlarini bosqichma-bosqich tabel o‘qotar quroli o‘rniga qo‘llashning qat’iy tartibi va shartlarini belgilagan holda elektroshok vositalari bilan ta’minlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring