Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uy qamog‘idagi shaxslarga braslet taqiladi

Uy qamog‘idagi shaxslarga braslet taqiladi

Ichki ishlar vazirligi uy qamog‘i ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan shaxslarni masofaviy nazorat qilish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, IIVning Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan elektron brasletlarni joriy etish taklif qilinmoqda.

Barcha hududlarda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan ushbu amaliyotni quyidagi tartibda bosqichma-bosqich joriy etish taklif etilmoqda:

  • 1 maydan – Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida;
  • 1 iyundan – Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida;
  • 1 avgustdan – Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlarida;
  • 1 oktyabrdan – Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida;
  • 1 dekabrdan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida.

Elektron bilaguzukni oyoqqa taqish mumkin bo‘lmagan hollarda, bilagiga elektron bilaguzuk taqishga ruxsat beriladi. 

Bilaguzuklar Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslar uchun esa Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan sotib olinadi. 

Loyiha muhokamasi 11 aprelga qadar davom etadi.

Avvalroq elektron braslet taqish mumkin bo‘lmagan mahkumlar toifasi belgilangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring