Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guliston tumani hokimi o‘rinbosari ushlandi

Guliston tumani hokimi o‘rinbosari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Chorvanasl» markazi Guliston tumani hokimligi yetakchi mutaxassisi M.X. Guliston tumani hokimi o‘rinbosari B.S. bilan oldindan til biriktirib, «Ayollar daftari» ro‘yxatida turuvchi fuqaro M.ni pora berishga dalolat qilib, unga tuman hokimi o‘rinbosari orqali kam ta’minlangan oilalar uchun «Yulduz» massivida qurilayotgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon oluvchilar ro‘yxatiga kiritib qo‘yib uy olib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan so‘ng, M.X.ning ko‘rsatuvlariga asosan tezkor tadbir davom ettirilganda, Guliston tuman hokimi o‘rinbosari B.S. xizmat mavqeidan foydalanib, yuqoridagi masalada fuqaro M.ga yordam berish evaziga 400 AQSh dollarini M.X.dan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring