Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX hokim o‘rinbosarini qo‘lga oldi

DXX hokim o‘rinbosarini qo‘lga oldi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hokimining o‘rinbosari plyonka mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xususiy korxonani «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida mahalliy dehqonlarga plyonka yetkazib beruvchi ta’minotchi korxona sifatida tayinlash evaziga 5 ming AQSh dollari talab qiladi.

Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 15 mln. so‘m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, hokim o‘rinbosari o‘zining qo‘shtirnoq ichidagi xolis yordami evaziga avval 10 mln. so‘m olganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, u muqaddam Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring