Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV aholini mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirdi — Qayroqqum suv ombori buzilmagan

FVV aholini mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirdi — Qayroqqum suv ombori buzilmagan

2021-yil 14-yanvar kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shni Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suv ombori buzilib ketganligi haqida ma’lumot tarqaldi.

Ushbu ma’lumot yolg‘on va hech qanday asosga ega emas. Tojikistondagi favqulodda vaziyatlarga mas’ul idoradan olingan aniq ma’lumotlarga ko‘ra, Qayroqqum suv ombori buzilmagan va normal holatda ishlamoqda, deyiladi FVV o‘z telegram-kanalida bergan xabarda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini mish-mishlarga ishonmaslikka chaqiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring