Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident topshirig‘iga ko‘ra Qozog‘istonda halok bo‘lganlar maxsus havo bortida olib kelinadi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra Qozog‘istonda halok bo‘lganlar maxsus havo bortida olib kelinadi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida vafot etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi maxsus havo bortida mamlakatga olib kelinadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

2024 yil 3 aprel kuni soat taxminan 17:00 larda Qozog‘iston Respublikasi, Aktobe viloyati, Algin tumanidan o‘tgan Respublika ahamiyatiga ega «Samara-Shimkent» avtomobil yo‘lining 678 km.da «Toyota-Alhpard» rusumli miniven hamda «Volvo» rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida, «Toyota-Alhpard»  rusumli avtomobilida bo‘lgan jami 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, harakat vaqtida yuk avtomobilining shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va miniven bilan to‘qnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring