Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onaga yangi prokuror tayinlandi

Farg‘onaga yangi prokuror tayinlandi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ismoilov Baxtiyor Ahmadjonovich Farg‘ona viloyati prokurori etib tayinlandi.

Farg‘ona viloyati hokimligida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokidagi yig‘ilish davomida e’lon qilindi.

Baxtiyor Ismoilov 2003-2015 yillar davomida Andijon viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2015-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori, 2017-2021 yillarda Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring