Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» foydalanuvchilari soni 2,5 milliardga yetdi

«Facebook» foydalanuvchilari soni 2,5 milliardga yetdi

Foto: «Pixabay»

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘iga muntazam kiruvchilar soni bir yil davomida 8 foizga oshib, jami 2,5 milliardga yetdi — bu sayyoramizdagi har uchinchi odam shu ijtimoiy tarmoq xizmatidan foydalanayotganini anglatadi.

2019-yilning dekabrida ijtimoiy tarmoqdan kuniga bir martadan ko‘p foydalanuvchilar soni 1,66 mlrd.ni tashkil etgandi.

Kompaniya daromadi foydalanuvchilari sonidan ham tez oshmoqda, masalan, 2019-yilda 70 mlrd. dollar, ya’ni 2018-yildagidan 27 foiz ko‘proq daromad olingan. Ammo sof foyda 16 foizga kamaydi (22,1 mlrd. o‘rniga 18,5 mlrd. dollar).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring