Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi davlat budjeti xalq muhokamasidan o‘tadi

Endi davlat budjeti xalq muhokamasidan o‘tadi

Xabar.uz

Endi budjet jarayonida fuqarolar faol ishtiroki etishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari mahalliy budjetlarning parametrlarini va ularning ijrosi haqidagi hisobotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlaydi.

Senatning 21-yalpi majlisi 2-kunida senatorlar prezident qaroriga ko‘ra Budjet kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishgan.

Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, Moliya vazirligi;

  • prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljallari;
  • Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasini ta’minlaydi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring