Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senatning navbatdagi yalpi majlisi qachon chaqirilishi aytildi

Senatning navbatdagi yalpi majlisi qachon chaqirilishi aytildi

Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida 51-yalpi majlisni 2024-yil 30-mart kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2023 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi.

Yalpi majlisda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalasi muhokama qilinishi ham rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, sentorlar Oliy Majlis Senati Kengashining bir qator qarorlarini tasdiqlash masalasini ham ko‘rib chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring