Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng kichik chaqaloqning hayoti saqlab qolindi

Dunyodagi eng kichik chaqaloqning hayoti saqlab qolindi

Foto: «Korrespondent.net»

Yaponiyada og‘irligi bor yo‘g‘i 268 gramm bo‘lgan chaqaloqning hayoti saqlab qolindi. U dunyodagi tirik qolgan eng kichik bola deb hisoblanmoqda, deya xabar berdi «Korrespondent.net».

Shifokorlar bolaning ahvolini yaxshi deb baholamoqda. Keyo universiteti shifokorlarining ma’lum qilishicha, chaqaloq o‘tgan yilning avgustida vaqtidan oldin 24 haftada tug‘ilgan.

Bola olti oy davomida chaqaloqlar intensiv terapiyasi bo‘limida davolangan. Bu muddat ichida uning og‘irligi 3,2 kg.ga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring