Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyalik erkak ayiq hujumini karate usuli bilan qaytardi

Yaponiyalik erkak ayiq hujumini karate usuli bilan qaytardi

Masato Fukuda.

Foto: NHK

Yaponiyalik 50 yoshli Masato Fukuda ayiq hujumini karate usuli bilan qaytarib omon qoldi, deya xabar berdi Daily Star.

Voqea Fukuda mamlakat shimolidagi Hokkaydo oroliga sayohatga borganida sodir bo‘lgan. O‘rmonda sayr qilib yurib, daraxtlar panasida ikkita ayiq o‘zini kuzatayotganiga ko‘zi tushadi.

Sal o‘tmay yirtqichlardan biri unga tashlanib qoladi. Yapon o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, bir paytlar o‘rgangan jang san’atini ishga soladi va ayiqqa birinchi bo‘lib zarba beradi. Kutilmagan qarshilik hayvonlarni cho‘chitib yuboradi. Bundan foydalangan Fukuda fursatni boy bermay tezda mashinasigacha sog‘-omon yetib oladi. «Shunchaki omadim keldi, agar zarbamdan so‘ng ayiq hujumni davom  ettirsa, omon qolmasdim», — dedi yapon.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring