Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonda koronavirusga qaraganda pnevmoniyadan vafot etayotganlar ko‘p

Qirg‘izistonda koronavirusga qaraganda pnevmoniyadan vafot etayotganlar ko‘p

Foto: «Ru.sputnik.kg»

Qirg‘izistonda COVID-19 aniqlanganlar soni 10 mingdan oshdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«2020-yil 12-iyul holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha jami 719 ta yangi SOVID-19 holati qayd etildi, ulardan 500 tasi — Bishkekda», — dedi respublika koronavirusga qarshi kurash shtabi vakili.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirusdan yetti kishi — to‘rtta erkak va uchta ayol vafot etdi. 150 nafar bemor shifoxonadan tuzalib chiqdi.

Shtabning ta’kidlashicha, yangi kasallanganlar orasida 127 nafar tibbiyot xodim ham bor. Koronavirus pandemiyasi davrida jami 1656 nafar salomatlik posbonida infeksiya aniqlangan.

Hozirgi kunda Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni jami 10629 kishiga yetdi. 132 nafari hayotdan ko‘z yumdi. 3387 ta bemor shifoxonadan tuzalib chiqqan.

Shtabning ma’lum qilishicha, o‘tgan bir kecha-kunduzda 41 kishi pnevmoniyadan vafot etgan. Pandemiya boshlangandan beri ushbu kasallik tufayli vafot etganlar soni 423 kishiga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring