Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonda ham TikTok bloklanadi

Qirg‘izistonda ham TikTok bloklanadi

Qirg‘iziston Raqamli rivojlanish vazirligi huzuridagi Aloqa sohasini tartibga solish va nazorat qilish xizmati mamlakat internet provayderlariga TikTok ijtimoiy tarmog‘iga kirishni cheklashni so‘rab xat yo‘lladi.

Qayd etilishicha, boshqarmaga Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan xat kelib tushgan. Unda aytilishicha, TikTok’ning qirg‘iz segmentida «kontentga, xususan, bolalar axborot makonida senzuraga tizimli va prinsipial yondashuv yo‘q».

Xat mualliflari «Bolalarning sog‘lig‘iga, ularning jismoniy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qonunga murojaat qilib, TikTok ijtimoiy tarmog‘iga kirishni cheklashda bolalarning sog‘lig‘iga, ularning intellektual, aqliy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazilishini oldini olish maqsadi ilgari surilayotganini ta’kidlagan.

Vazirlik xatda aloqa operatorlariga 18-aprelgacha chora ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergan.

Mamlakat Madaniyat vazirligi ham o‘tgan yilning avgust oyida Raqamli rivojlanish vazirligiga mazkur ijtimoiy tarmoqni blokirovka qilish bo‘yicha so‘rov yuborgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring