Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chiroqchi va Andijondagi holatlar barchamizning yodimizda» — Tanzila Norboyeva

«Chiroqchi va Andijondagi holatlar barchamizning yodimizda» — Tanzila Norboyeva

Foto: Senat axborot xizmati

Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisida bir qator masalalar muhokama qilinmoqda.

Senat raisi T.Norboyeva yalpi majlisda ko‘rib chiqilgan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari bo‘yicha munosabatini bildirdi.

– Mazkur masala alohida e’tibor talab etadigan, mamlakatimizda juda ham ahamiyatli bo‘lgan dolzarb masalalardan hisoblanadi, – dedi Senat raisi. – Sir emas, ushbu mavzu uzoq yillar davomida O‘zbekiston uchun juda og‘riqli bo‘lib kelgan. Bugungi kunda butun dunyoga «Yangi O‘zbekiston» sifatida tanilmoqdamiz. Buning zamiridagi eng asosiy maqsad – inson huquqlari va manfaatlari turibdi. Davlat xalq uchun, mamlakatdagi har bir insonning farovonligi uchun ishlashi asosiy mezon qilib belgilandi, insonning sha’ni va qadri asosiy qadriyat sifatida ko‘rilmoqda.

So‘nggi yillarda qiynoqlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida ko‘plab tizimli ishlar qilindi. Shunga qaramasdan, bu muammodan butkul xalos bo‘ldik, deyishga hali erta.

Chiroqchi, Andijondagi holatlar barchamizning yodimizda, bunday holatlar takrorlanmasligi uchun juda keng qamrovli kompleks yondashuv kerak. Bunda nafaqat huquq-tartibot organlari, balki fuqarolik jamiyati institutlari, OAV, keng jamoatchilik sa’y-harakatlari talab etiladi. Shu o‘rinda mazkur masala Senatning doimiy nazoratida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring