Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda buyum bozorlari yopiladi, transport harakati cheklanadi

Buxoroda buyum bozorlari yopiladi, transport harakati cheklanadi

Foto: Xabar.uz

Buxoroda joriy yilning 1-iyulidan boshlab, noma’lum muddatga qadar jamoat transportlari soni va harakatlanish vaqti vaqtincha cheklanadi hamda buyum bozorlari faoliyati to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Koronavirus tarqalishini oldini olish bo‘yicha viloyat komissiyasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, aholi orasida kasallik ortib borayotgani, Buxoro shahri «sariq» hudud toifasiga kiritilganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Keyingi 14 kun davomida aholi orasida kasallanish holati qayd etilmasa (oxirgi marotaba 26-iyun kuni aniqlangan) komissiya qarori bilan jamoat transportlari harakatlanishi va buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi ta’kidlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring