Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro bug‘usini asrab qolish uchun yordamingiz kerak

Buxoro bug‘usini asrab qolish uchun yordamingiz kerak

Foto: Vikipediya

Amudaryo biosfera rezervati to‘qayzorlari 68 ming 717 gektar maydonni egallagan bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan. Bu hudud O‘zbekistondagi qolgan barcha to‘qayzorlarning 75 foizini va Markaziy Osiyo to‘qayzorlarining 20 foizini tashkil etadi. To‘qayzorlar tabiiy ozuqa zaxirasiga boy bo‘lgani bois yovvoyi hayvonlarning ko‘plab turlariga makondir.

Bugungi kunda biosfera rezervati hududida umurtqali jonivorlarning 356 turi, shu jumladan, baliqlarning 43, sudralib yuruvchilarning salkam 30, qushlarning 246, sut emizuvchilarning 36 turi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, o‘simliklarning 419 xili uchraydi. Ularning aksariyati Qizil Kitobga kiritilgan.

Sutemizuvchi jonivorlarning eng chiroylisi – xonguli, ya’ni Buxoro bug‘usi Markaziy Osiyo bo‘yicha eng ko‘p ushbu hududda uchraydi. Bu noyob jonivorlar soni 10 yil vaqt ichida 2 juftdan salkam 1000 boshga yetdi.

Asosiy muammo suv yetishmovchiligidadir. Amudaryoning sayozlashib qolgani bois biorezervatga suv chiqarish uchun mablag‘ zarur. Xodimlarning aytishicha, nasos bor, ammo 2 km. joydan elektr simini tortib kelish uchun homiy kerak. Balki, noyob hududning noyob jonivor va o‘simliklarini asrab qolish uchun Quyi Amudaryo biorezervatiga yordam bera oldaigan tabaitni sevuvchi, kelgusi avlodga qoldirishga, savobga o‘z hisasini qo‘shishga tayyor tadbirkorlarimiz topilib qolar?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring