Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inspektorlarga hujum qilganlar qamoqqa olindi

Inspektorlarga hujum qilganlar qamoqqa olindi

Toshkent viloyatida brakonerlar ekologiya inspektorlariga hujum qilib, ularni suvga cho‘ktirmoqchi bo‘lishgani xabar qilingandi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, voqea joyidan qochib ketgan huquqbuzarlar qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 29 aprel kuni Toshkent viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo daryosi oqimi bo‘ylab ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Tekshirish davomida daryoning Oqqo‘rg‘on tumani, «Eltamg‘ali» MFY, Ko‘rik qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismida 2 nafar fuqaro tomonidan  motorli qayiq va to‘r yordamida «O‘zbekiston Respublikasida ov qilish Qoidalari»ga zid ravishda baliq ovlanayotganligi aniqlangan.

Brakonerlardan ov qilishni to‘xtatish so‘ralganida, ular ekologiya inspektorlariga qayiq eshkaklari bilan hujum qilib, ularni urib suvga yiqitishgan va voqea joyidan qochishgan.

Oqqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan 2 may kuni yuqoridagi 2 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring