Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi yopilmoqda

Bojxona qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi yopilmoqda

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat organlariga murojaat qilishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2018-yil 1-fevraldan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi axborot tizimining yangi talqini ishga tushirilgan edi.

Shu munosabat bilan davlat organlarida murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va shaffofligini oshirish, davlat organlariga kelib tushayotgan barcha murojaatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona tizim doirasida birlashtirishni ta’minlash maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi DBQ raisining virtual qabulxonasi 2018-yil 24-fevraldan o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

DBQ axborot xizmatining xabariga ko‘ra, bojxona organlariga murojaatlar pm.gov.uz manzilidagi veb-sayt orqali yuborilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring