Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noqonuniy tamaki savdosi: kontrabandaga qarshi samarali kurashishning 4 muhim chorasi

Noqonuniy tamaki savdosi: kontrabandaga qarshi samarali kurashishning 4 muhim chorasi

Jorj Meyson universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqotlar tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi nafaqat davlatga katta iqtisodiy zarar yetkazishini, balki xalqaro jinoiy va terroristik guruhlarni moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qilayotganini ko‘rsatmoqda. Ushbu hodisa darhol aralashuvni va tegishli choralar ko‘rishni talab qiladi.

Muammoning dolzarbligi
O‘zbekistonda kontrabanda sigaretalari savdosi muammosi hamon e’tiborga molik va ahamiyatli bo‘lib, kontrabandachilarni qo‘lga olish va ko‘p miqdorda noqonuniy sigaretalar yo‘q qilish bilan bog‘liq voqealar haqida ommaviy axborot vositalarida muntazam xabar berib kelinayotgani shundan dalolat beradi. Masalan, joriy yilning 19 fevrali Surxondaryo viloyati «Sariosiyo» temir yo‘l chegara posti bojxona boshqarmasi xodimlari Tojikistonga tranzit orqali jo‘natilayotgan 10 mlrd so‘mdan ortiq kontrabanda tamaki mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kirishni to‘xtatib qoldi. Bojxonachilar aksiz markasi bo‘lmagan 402 ming quti Esse Change sigaretini aniqladilar.

Bundan bir necha kun avval Toshkentda bojxona qo‘mitasi tomonidan qariyb 110 ming quti kontrabanda tamaki mahsulotlari ommaviy yondirilgan. Tadbirda ma’lum qilinishicha, 2023 yil 291 ta holatda umumiy qiymati 92,2 milliard so‘mlik 5,7 million dona noqonuniy sigaretalar aniqlangani qayd etilgan. Joriy yilning 2 oyi davomida umumiy qiymati 14 milliard so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq 56 ta holat qayd etilgan. Qayd etilishicha, o‘tgan yili noqonuniy olib kirilgan sigaretalar soni 2022 yilga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

Shu bilan birga, huquqbuzarliklar faqat chegarada, noqonuniy mahsulotlarni olib kirishda sodir bo‘layotgani yo‘q. Masalan, 13 fevral kuni Toshkent shahrida Bosh prokuratura xodimlari Mirobod tumanidagi do‘konlardan birida yirik partiya – 3 ming qutidan ortiq aksiz markasisiz sigaretalar aniqladilar. Noqonuniy mahsulotlarning qiymati 222 million so‘mdan oshadi.

Nima qilishimiz kerak?
Bu jarayonga barcha mas’ul vazirlik va idoralarni faol jalb etgan holda, yaqin hamkorlikda ish olib boradigan kompleks chora-tadbirlar zarur. Asosiy va eng muhim chora-tadbirlar orasida:

1. Chegaradan noqonuniy olib o‘tilayotgan kontrabandalarga to‘liq chek qo‘yish va bojxona organlari tomonidan nazoratni kuchaytirish. Shu munosabat bilan mamlakatimizga sigaretani noqonuniy olib kirishga urinishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha maxsus operatsiyalar va reydlarni muntazam amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiqdir.

2. O‘zbekiston hududida noqonuniy sigaretalarni ulgurji tarqatish kanallariga chek qo‘yish. Bu yo‘nalishda kontrabanda tovarlarni tarqatish kanallarini kuzatish jarayonini kuchaytirish, mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikni faollashtirish va ushbu kanallarni yanada samarali aniqlash va ularga chek qo‘yish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish zarur.

3. Davlat ayblovi va noqonuniy mahsulotlarni musodara qilish. Qonunbuzarlarni ommaviy ravishda jazolash, tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi oqibatlari to‘g‘risida barcha mumkin bo‘lgan kanallar, jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali aholini xabardor qilish zarur. Shu bilan birga, mahsulot va mulkni musodara qilish uni majburiy ravishda yo‘q qilish bilan birga amalga oshirilishi kerak.

4. Qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat. Vakolatli organlar tamaki mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini diqqat bilan nazorat qilishlari shart.

Xulosa qilib aytganda
Xalqaro tajriba shuni tasdiqlaydiki, sigaretaning noqonuniy savdosiga qarshi samarali kurashish faqat kompleks yondashuv bilan imkonli: kontrabandaning oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar, qonunbuzarlarni jazolash, bunday harakatlar uchun javobgarlik to‘g‘risida axborot kampaniyasi va musodara qilingan mahsulotlarni majburiy yo‘q qilish.

Bu muammoni faqat birgalikda va jamoatchilikning faol ishtirokida yengishimiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring