Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus Rossiya neftidan voz kechdi

Belarus Rossiya neftidan voz kechdi

Belarus neft savdosi bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralarni to‘xtatdi va yoqilg‘ini boshqa joydan topishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qilib o‘tgan.

Xususan, Lukashenko Boltiqbo‘yidagi portlardan neft olib kirishni boshlash va «Do‘stlik» neft quvurlaridan muqobil ta’minotni boshlash haqida ko‘rsatma bergan. Kecha, 31 dekabr kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham neft bo‘yicha Belarus bilan kelishuvga erishilmaganini xabar qilgan edi.

Peskov Belarusdan o‘tadigan neft tranziti ham to‘xtatilishi ehtimoli haqidagi savolga quyidagicha javob bergan: «Bunaqa dahshatli ssenariyni hozircha muhokama qilmaslikni taklif etamiz. Muzokara davom etadi».

Eslatib o‘tamiz, Belarusga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2019 yilning 31 dekabrida yakuniga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring