Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Latviya Rossiya va Belorussiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini taqiqlayapti

Latviya Rossiya va Belorussiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini taqiqlayapti

22-fevral, payshanba kuni Latviya Seymi tegishli qonun hujjatlariga Rossiya va Belarusdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishni taqiqlovchi o‘zgartirish kiritdi.

Qonun Latviyaga Rossiya va Belorussiyadan qishloq xo‘jaligi va ozuqa mahsulotlarini olib kirishni taqiqlaydi. Taqiq, shu jumladan, ushbu turdagi mahsulotlarning uchinchi mamlakatlar orqali Latviyaga kirib kelishiga ham taalluqli.

Qonun loyihasida taqiq 2025-yil 1-iyulgacha amal qilishi, zarurat tug‘ilganda uzaytirilishi mumkinligi ham nazarda tutiladi.

Mamlakat Seymi ko‘rib chiqqan hujjat izohida Latviya Rossiya bilan chegaradosh davlat sifatida o‘z xavfsizligini himoya qilish maqsadida iqtisodiy aloqalarni tezroq uzish sari intilayotgani tushuntiriladi. Qayd etilishicha, Latviya tashabbusi Yevropa Ittifoqi umumiy sanksiya siyosatining qo‘shimcha elementi hisoblanadi.

«Latviya tinchlik va xalqaro xavfsizlikni saqlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishi kerak. Latviya Ukrainani Rossiya ustidan g‘alaba qozonmaguncha qo‘llab-quvvatlaydi», – deyiladi hujjat izohida.

Ta’kidlanishicha, qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bosqinchi davlatlarning budjeti va bu mamlakatlar korxonalari o‘z mahsulotlarini Latviyaga eksport qilishdan qo‘shimcha daromad olishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu orqali Ukrainada urushni davom ettirish imkoniyatiga hissa qo‘shmaslikka qaratilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur qonun prezident tomonidan imzolanganidan keyin kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring