Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bank xodimlari bankomatdagi pullarni qimorga tikib yuborishdi

Bank xodimlari bankomatdagi pullarni qimorga tikib yuborishdi

Foto: «Xabar.uz»

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida bank xodimlari 111 mln. so‘m mablag‘ni o‘zlashtirib yuborilgan. Ushbu jinoyatni amalga oshirgan ikki nafar xodim qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, bank filialining pensiya va nafaqlar bilan ishlash sho‘’basining kassiri va buxgalter-nazoratchisi bankomatlarga joylashga mo‘ljallangan mablag‘larni o‘zlashtirib, o‘z ehtiyojlariga, jumladan qimor o‘yinlariga sarflab yuborishgan.

Tergovga qadar tekshiruvda o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘liq qoplangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring