Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bank boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosari katta pulni talon-toroj qilishda ayblanmoqda

Bank boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosari katta pulni talon-toroj qilishda ayblanmoqda

Foto: Xabar.uz

Kitob tumanida bank boshqaruvchisining  sobiq o‘rinbosari kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bu jinoyat fosh bo‘ldi.

Unda fuqaro O.X. hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan davrida otasi S.X. rahbarligidagi «S.T.» dehqon xo‘jaligiga ushbu bank filialidan ajratilgan 300 mln so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shuningdek, O.X. fuqaro Z.X.ga imtiyozli kredit ajratib berishi evaziga 30 mln so‘mini hamda fuqaro Ch.M.ning kredit qarzdorligini so‘ndirib qo‘yish uchun 15 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring