Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijondagi bo‘yoq zavodining bir qismi yonib ketdi

Andijondagi bo‘yoq zavodining bir qismi yonib ketdi

Foto: Andijon viloyati IIB YoXB

2019-yilning 11-mart kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumani «Sadda» MFY hududida joylashgan «Ko‘makay orzusi» MChJga qarashli lak-bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berishicha, yong‘in oqibatida 150 kv.metr maydonda bostirma, uning ostida bo‘lgan turli sig‘imlardagi yengil alangalanuvchi suyuqliklar (xomashyo) va tayyor lak-bo‘yoq mahsulotlari hamda sex hududida turgan MAN rusumli yuk va DAMAS rusumli avtomobillar yongan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Foto: Andijon viloyati IIB YoXB

Voqea joyiga 12 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 avtonarvon jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan sexning 350 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inning tahminiy sababi, bo‘yoq mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladigan «Nefras» yengil alangalanuvchi suyuqlikni MAN rusumli yuk avtomobili sig‘imidan 20 tonnalik sig‘imga to‘kish vaqtida hosil bo‘lgan statik elektr toki natijasida. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring