Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Slovakiya bosh vaziri zavodda bir smena ishlab berdi

Slovakiya bosh vaziri zavodda bir smena ishlab berdi

Robert Fitso.

Foto: Reuters

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 1-mayga oqshomida Krushovse qishlog‘ida joylashgan ZKW Slovakia zavodida bir smena ishlab berdi. Bu haqda TASR xabar berdi.

«Barcha mehnatkashlarga ta’zim qilaman», — dedi u smena tugaganidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Aytilishicha, bosh vazir zavod chiqaradigan turli texnikalar uchun butlovchi qismlarni yig‘ishda bevosita qatnashgan.

Fitso Slovakiyadagi korxonalarda birinchi marta tungi smenada ishlayotgani yo‘q. Shu tariqa u ishlab chiqarishda tungi mehnat muhim ahamiyatga ega ekanligiga e’tiborni tortmoqchi. Uning fikricha, mamlakat hukumati tungi smenalarda ishlovchilarning maoshlarini oshirishi lozim.

1-may Slovakiyada Mehnatkashlar kuni sifatida bayram qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring