Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda uyushgan guruh qo‘lga olindi

Andijonda uyushgan guruh qo‘lga olindi

Foto: Andijon viloyati IIB

13-may kunidan 14-may kuniga o‘tar kechasi Andijon tumanida yashovchi fuqarolar D.X va bir guruh shaxslar tumanning Guliston mahallasida joylashgan «Abdurashid hosili» fermer xo‘jaligi yer maydonidan o‘tgan «Andijanpetro» MChJga qarashli neft quvurlariga maxsus moslama o‘rnatib,  ko‘p miqdordagi neft mahsulotlarini yashirin ravishda o‘g‘irlayotgan vaqtlarida Andijon tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakillari tomonidan ushlanganlar. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Andijon viloyati IIB

Shu bilan birga, ulardan 35 dona maxsus tayyorlangan qoplarda neft mahsulotlari, 30 dona bo‘sh qoplar, temir trubaga ulangan maxsus moslama   hamda 8 metr hajmdagi sellofanlar olingan.

Foto: Andijon viloyati IIB

«Andijanpetro» MChJ tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu jamiyatga tegishli bo‘lgan jami 10.500.000 so‘mlik neft mahsulotlari talon-toroj qilingan hamda markaziy quvurga shikast yetkazilib yaroqsiz xolga keltirilgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 14 may kuni yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «g» bandi va 255-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring